CHINGIZ AYTMATOVNING “JAMILA” ASARIDA MUHABBAT VA INSONIY QADRIYATLAR
Keywords:
mavzu, muhabbat, adolat, ziddiyat, uslubiy o‘ziga xoslik, talqin, tahlil, tasvir, vaziyat, holat, mahorat.Abstract
Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasi inson ruhining nozik, sof va halol tuyg‘ularini ochib beruvchi badiiy asardir. Asar orqali muallif muhabbatning haqiqiy mohiyati, insoniy qadriyatlarning ahamiyati va hayotdagi yuksak ma’naviy idealini o‘quvchiga yetkazadi. Jamila va Doniyor obrazlari orqali o‘zaro hurmat, sadoqat, samimiyat va fidoyilik kabi insoniy xislatlar ochiq-oydin ko‘rsatiladi. Qissada jamiyatning qattiq qoidalari va urf-odatlari shaxsiy baxt va sevgiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ham ko‘tarilgan. Asar o‘quvchini inson qalbining go‘zalligi, muhabbatning kuchi va insoniy qadriyatlarning abadiyligiga bo‘lgan hurmatga chorlaydi.
References
1. Aytmatov Ch. Jamila “Yangi asr avlodi” T.: 2022-yil.
2. G‘aniyev I., Ibrogimov R. Chingiz Aytmatov va XXI asr. “Akademnashr” T.: 2013.
3. www.ziyouz.com
4. www.kh-davron.uz
5. Mirzaev, I. Chingiz Aytmatov ijodida insoniy qadriyatlar. – Toshkent: Fan, 2005.