INTERFAOL USULLAR ASOSIDA TIBBIY BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING SAMARADORLIGI
Keywords:
interfaol usul, pedagogik texnologiya, tibbiy biologiya, talaba faolligi, klaster, akvarium, aqliy hujum.Abstract
Ushbu maqolada tibbiy biologiya fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Hozirgi kunda ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, tibbiy biologiya fanini o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish bilim darajasini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy shartlaridan biridir. Talabalarining fanga oid bilimlarini shakllantirish va ularda fanlararo integratsiyani amalga oshirish qobiliyatlarini rivojlantirish zamonaviy ta’limning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shuningdek, fanni samarali o‘qitishda talabalarining faolligini oshirish, mustaqil fikrlash va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan usullarni qo‘llashning afzalliklari bayon etilgan.
References
1. Abdullaeva N., Rahimova M. “Biologiya ta’limida innovatsion usullar”. – Toshkent, 2022.
2. Boltaeva Sh.A. Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish. Osiyo xalqaro axborotnomasi, 2025. № 2. 96–101.
3. Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. – Toshkent, 2021.
4. Pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar to‘plami. – Toshkent, 2020.
5. Seïtova G. “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar”. – Toshkent, 2019.
6. Xidirova N.Sh. Yosh avlodni tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning o‘rni. – Ta’limda innovatsiyalar va integratsiya, №18, 2-son, 2024-yil aprel, B. 157–160.
7. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.