MEHNAT FAOLIYATINING BOLA RUHIYATIGA TA’SIRI
Keywords:
bolalar psixologiyasi, mehnat tarbiyasi, pedagogika, shaxs rivojlanishi, ijtimoiy moslashuv, motivatsiya, oila tarbiyasi, ta’lim muassasalari, kasbga yo‘naltirish, amaliy faoliyat, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, mustaqillikAbstract
Ushbu maqolada mehnat faoliyatining bola ruhiy rivojlanishi, shaxsiy fazilatlari va ijtimoiy moslashuv jarayoniga ta’siri pedagogik nuqtayi nazardan tahlil etiladi. Bolada mehnatsevarlik, mas’uliyat, ijtimoiy xulq me’yorlari, mustaqillik, ichki motivatsiya va o‘z-o‘zini baholash kabi psixologik sifatlarning shakllanishida mehnat tarbiyasi muhim omil sifatida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda oilada mehnatning roli, ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasining ahamiyati, shuningdek, mehnatning bola shaxsining kelajakdagi kasbiy yo‘nalishi va hayotiy pozitsiyasiga ta’siri yoritilgan. Zamonaviy pedagogika yondashuvlari asosida mehnat – nafaqat jismoniy, balki mental faoliyat sifatida ham bola tarbiyasidagi markaziy jarayon ekanligi ilmiy asoslab berilgan.
References
1. Yo‘ldoshev J., Xoliqov A. Pedagogika nazariyasi asoslari. Toshkent: 2020.
2. Karimova V.M. Bolalar psixologiyasi. Toshkent: 2019.
3. Abdullaeva Q. Pedagogik mahorat va tarbiya metodlari. Toshkent: 2021.
4. Qodirov B. Pedagogik yondashuvlar rivoji. Toshkent: 2022