ENTEROVIRUSLAR VA ULARNING KLINIK KO‘RINISHLARI

Authors

  • Odashboeva Xilola Author
  • Dostonbek Ravshanjon oʻgʻli Jambilov Author

Keywords:

enterovirus, koksaki, poliovirus, seroz meningit, diareya, infeksiya, epidemik ko‘z yallig‘lanishi, diagnostika

Abstract

Ushbu maqola enteroviruslar va ularning bolalar orasida uchraydigan klinik ko‘rinishlari haqida ilmiy tahliliy ma’lumot beradi. Enteroviruslar Picornaviridae oilasiga mansub bo‘lib, o‘ta mayda, RNK tarkibiga ega, yuqori darajada yuqumli viruslar hisoblanadi. Ularning 100 dan ortiq turlari mavjud bo‘lib, polioviruslar, koksaki A va B viruslari, ECHO viruslari hamda enterovirus 68, 70 va 71 eng ko‘p uchraydigan guruhlardir. Ushbu viruslar asosan najas–og‘iz yo‘li orqali yuqadi, biroq havo–tomchi hamda kontakt-muomala yo‘li orqali ham tarqalishi mumkin. Enterovirus infeksiyalari ko‘pincha yoz va kuz fasllarida avj oladi. Bolalarda uchraydigan klinik belgilari juda xilma-xil bo‘lib, shamollashga o‘xshash yengil simptomlardan tortib, og‘ir seroz meningit, miokardit, og‘iz shilliq qavatining yallig‘lanishi, “qo‘l–oyoq–og‘iz” sindromi, epidemik ko‘z yallig‘lanishi, enterovirus diareyasi kabi murakkab klinik shakllar bilan kechishi mumkin. Maqolada ushbu kasalliklarning tashxislash usullari, laborator tekshiruvlarning ahamiyati, erta aniqlashning klinik va epidemiologik qiymati hamda davolash tamoyillari yoritilgan. Enteroviruslar o‘ta yuqumli bo‘lgani sababli bolalar orasida yoppasiga tarqalishi tez-tez uchraydi. Shuning uchun ushbu maqola pediatriya sohasi mutaxassislari, talabalari va amaliyotchi shifokorlar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

References

1. Qodirov A., Karimov B. Yuqumli kasalliklar. Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2018. — 245 b.

2. Jo‘rayev U., Xalilov M. Pediatriyada klinik yo‘riqnomalar. Toshkent: Fan, 2020. — 312 b.

3. Mirzayeva N. Virusologiya asoslari. Toshkent: Innovatsiya, 2019. — 198 b.

4. Rotbart H. Human Enterovirus Infections. New York: Oxford University Press, 2017. pp. 55–284.

5. Cherry J. Textbook of Pediatric Infectious Diseases. Philadelphia: Elsevier, 2018. pp. 112–490.

6. WHO. Enterovirus Surveillance Guidelines. Geneva: World Health Organization, 2020. pp. 1–132.

Published

2025-11-21

How to Cite

[1]
2025. ENTEROVIRUSLAR VA ULARNING KLINIK KO‘RINISHLARI. Ustozlar uchun. 84, 1 (Nov. 2025), 268–275.