XOJA HIKOYATLARIDA INSONIY FAZILATLAR TALQINI

Authors

  • Madinabonu Shukurullo qizi Shodaliyeva Author

Keywords:

Xoja, hikoyat, qo‘lyozma, “Miftoh ul-adl”, “Gulzor”, mumtoz adabiyot, axloq, an’ana, tahlil.

Abstract

Ushbu maqola XVI asrning e’tiborli adabiyot namoyandalaridan biri — Ibodulla Sayyid Podshohxoja ibn Abdulvahhobxoja (Xoja)ning “Miftoh ul-adl” va “Gulzor” asarlaridagi hikoyatlarni ilmiy asosda o‘rganishga bag‘ishlanadi. Tadqiqot jarayonida mazkur asarlarning mazmuniy qatlamlari, ulardagi pand-nasihat, axloqiy g‘oyalar, oyat va hadislar bilan bog‘liq badiiy an’analarning aks etishi tahlil qilinadi. Hikoyatlarning asl qo‘lyozma manbalarga tayanib o‘rganilishi ular haqidagi ilmiy xulosalarning ishonchliligini oshirishda muhim omil sifatida baholanadi. Xoja asarlarining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan nusxalari hikoyat janrining XVI asrdagi rivojini kuzatish, uning mazmuniy-badiiy yangiliklarini aniqlash imkonini beradi. Maqolada Xojaning hikoyatlarida xalqona donishmandlik, ma’rifiy ruh va mumtoz adabiyotga xos uslubiy xususiyatlarning namoyon bo‘lishi alohida yoritilgan.

References

1. Podshohxoja ibn Abdulvahhobxoja. Miftoh ul-adl. Qo‘lyozma. – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi.

2. Podshohxoja ibn Abdulvahhobxoja. Gulzor. Qo‘lyozma. – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi.

3. Yo‘ldoshev, Q. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – Toshkent: Fan, 2010.

4. Shoniyozov, K. Sharq adabiyotida hikoyat an’analari. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

5. Quronov, D. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2019.

Published

2025-11-26

How to Cite

[1]
2025. XOJA HIKOYATLARIDA INSONIY FAZILATLAR TALQINI. Ustozlar uchun. 84, 2 (Nov. 2025), 366–369.