ULUG‘BEK HAMDAMNING “OTA” ROMANIDA OTA OBRAZI TAHLILI

Authors

  • Ismigul Alisher qizi Rahmonova Author

Keywords:

milliy qadriyat, syujet, ota, farzandkushlik, oila qadriyati, ota arxepti, ramziy va falsafiy obrazlar, psixologik realizm.

Abstract

O‘zbek adabiyotining mustaqillikdan keyingi taraqqiyot bosqichlarida inson ruhiyati, ichki kechinmalari va ma’naviy izlanishlari markazga aylangan badiiy asarlar ko‘p yaratildi. Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romani ana shunday ruhiy-psixologik asarlardan bo‘lib, unda insonning o‘zligini anglash jarayoni, ota-ona va farzand munosabatlarining ma’naviy-madaniy mohiyati chuqur yoritilgan. Asarda Ota obrazi — nafaqat syujetni harakatga keltiruvchi qahramon, balki butun asarning falsafiy asosini belgilovchi markaziy timsol sifatida gavdalanadi. Ota timsoli orqali yozuvchi milliy mentalitet, oila tushunchasi, ma’naviyat, halollik va sabr kabi qadriyatlarni badiiy umumlashtiradi. 

References

1. Ulug‘bek Hamdam “Ota” romani- Toshkent. Yangi asr avlodi-2022

2. Qo‘shjonov A. Hozirgi o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti. -Toshkent: Fan, 2025

3. Sobirova N. “Zamonaviy romanchilikda ota obrazi talqini” // O‘zbek adabiyoti va san’ati gazetasi, 2020-yil 12-mart.

4. Qodirov X. “Ulug‘bek Hamdam romanlarining baadiiy talqini”. // Filologiya masalalari, 2021.

Published

2025-11-26

How to Cite

[1]
2025. ULUG‘BEK HAMDAMNING “OTA” ROMANIDA OTA OBRAZI TAHLILI. Ustozlar uchun. 84, 2 (Nov. 2025), 370–372.