“YOLG‘IZLIK VA ORZULAR QARAMA-QARSHILIGI: DOSTOYEVSKIYNING “OYDIN TUNLAR” QISSASIDA QAHRAMON RUHIYATI PSIXOLOGIK TAHLILI”
Keywords:
Dostoyevskiy, Oydin tunlar, psixologik portret, fantastik realizm, yolg‘izlik, ichki konflikt, ruhiy tahlil.Abstract
Ushbu maqolada Fyodor Dostoyevskiyning “Oydin tunlar” qissasi psixologik tanqid nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Asarda bosh qahramon — Orzuvchan yoshning ruhiy kechinmalari, uning yolg‘izlik, muhabbat va o‘zini anglash jarayonidagi ichki konfliktlari chuqur o‘rganiladi. Qissaning asosiy motivi bo‘lgan “fantastik realizm”, ichki monolog, psixologik portret hamda muallifning inson ruhiyati borasidagi falsafiy qarashlari asosiy tahlil ob’ektiga aylantiriladi. Qahramon va Nastenka obrazlari o‘rtasidagi munosabatlar psixologik kontekstda tahlil qilinib, badiiy tasvir vositalarining fikriy yuklamasi ochib beriladi. Tadqiqot Dostoyevskiy psixologik prozasining o‘ziga xos yo‘nalishlarini namoyon etadi. Mazkur maqolada asardagi bosh qahramonning psixologik portreti, uning ruhiy evolyutsiyasi, shuningdek Nastenka obrazining ta’siri tanqidiy-psixologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Dostoyevskiyning “fantastik realizm” deb atalayotgan uslubiga tayanib, qahramonlarning real hayot va xayolot o‘rtasidagi kechinmalari ilmiy asosda izohlanadi.