ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA INSON RUHIYATI VA TABIAT TASVIRI UYG'UNLIGI

Authors

  • Soliyeva Gulshanoy Author

Keywords:

Abdulla Qahhor, inson ruhiyati, peyzaj tasviri, hikoya, uyg‘unlik.

Abstract

Mazkur maqola Abdulla Qahhor hikoyalarida inson ruhiyati va tabiat tasvirining o‘zaro uyg‘unligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Yozuvchi asarlarida tabiat manzaralari faqat voqea bezagi emas, balki qahramonlarning ichki kechinmalari, kayfiyati va ruhiy iztiroblarini ochishda muhim badiiy vosita sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot jarayonida “Ming bir jon”, “Dahshat”, “Anor”, “Karavot” kabi hikoyalardagi tabiat tasviri va uning psixologik funksiyasi o‘rganildi. Analiz natijalariga ko‘ra, Qahhor tabiat obrazlari orqali inson ruhidagi murakkabliklarni yanada chuqurroq ochadi, voqealar ta’sirchanligini kuchaytiradi hamda asarlar mazmunining ma’naviy-estetik qimmatini oshiradi. Ish yakunida yozuvchining tabiat va ruhiyat uyg‘unligini yoritishdagi mahorati o‘zbek adabiyotidagi psixologik tasvir rivojiga sezilarli hissa  qo'shadi.

References

1. A. Qahhor. Ming bir jon.- Toshkent, 2024.

2. A. Qahhor. Tanlangan asarlar. 5 jildlik.- Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot.

Published

2025-11-27

How to Cite

[1]
2025. ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA INSON RUHIYATI VA TABIAT TASVIRI UYG’UNLIGI. Ustozlar uchun. 84, 3 (Nov. 2025), 157–160.