NAVOIY VA JOMIY IJODIDA TASAVVUF FALASAFASINING BADIIY TALQINI
Keywords:
Navoiy, Jomiy, tasavvuf, ilohiy ishq, ma’rifat, komil inson, vahdat ul-vujud, badiiy ramz, ruhiy poklanish.Abstract
Mazkur maqolada XV asrning ikki buyuk mutafakkiri- Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida tasavvuf falasafasining badiiy talqini keng yoritiladi. Tasavvufning asosiy tushunchalari bo’lgan ilohiy ishq, vahdat ul-vujud, komil inson, nafs tarbiyasi, ma’rifat va ruhiy kamolot masalalari har ikki ijodkor merosida qanday badiiy shakl olgani ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, Jomiy va Navoiy o’rtasidagi ustoz-shogirtlik munosabatlari tasavvufiy ta’limotning mazkur davrdagi rivojlanishiga ko’rsatgan ta’siri nuqtai nazardan o’rganiladi. Maqola tasavvuf falasafasining nazariy va badiiy qatlamlarini qiyosiy o’rganish orqali Sharq adabiy tafakkurining rivojidagi o’ziga xos jarayonlarni yoritishga qaratilgan.
References
1. Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. –Toshkent: Yozuvchi,1991.
2. Abdurahmon Jomiy. Nafahot ul-uns. –Tehron nashrlari.
3. S.Mirzayev. Tasavvuf va adabiyot. – Toshkent: Fan, 2002