MUDROQ MILLATNING OG’RIQLI HAQIQATLARI (“Qo’rqma” asari tahlili)
Keywords:
Qo‘rqma asari, Javlon Jovliyev, mudroq millat, ma’naviy uyg‘onish, yoshlar tarbiyasi, fidoyilik, maqsadsizlik, ramzlar, jigar xastaligi, ota-ona mas’uliyati, millatparvarlik, ma’naviy inqiroz, eshakqurt timsoli, ta’lim, uyg‘otuvchi asarlar, jamiyat og‘rig‘i.Abstract
Ushbu maqolada Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari orqali jamiyatning bugungi ma’naviy manzarasi ochib beriladi. Asarda muallif fidoyi, vatanparvar avlod va hozirgi beparvo, maqsadsiz yoshlar o‘rtasidagi keskin tafovutni ko‘rsatarkan, millatning ich-ichidan kemirayotgan mudroq holatni chuqur tasvirlaydi. Qoravoy, Telefonchi va Qiztaka obrazlarining fojiali taqdiri orqali beparvolik, mas’uliyatsizlik hamda ma’naviy tanazzulning qanchalik xavfli ekanligi yoritiladi. Maqolada ota-onalarning tarbiyadagi o‘rni, yoshlarning maqsadsizligi, ta’limning millat hayotidagi o‘rni kabi masalalar ham keng ochiladi. Asarda keltirilgan ramziy “jigar xastaligi” esa millat ongini zaharlayotgan ruhiy uyqu — befarqlikning timsoli sifatida izohlanadi. Muallif ta’kidlaganidek, millatning uyg‘onishi har bir insonning ichki mas’uliyati va orzusiga bog‘liq. Mazkur maqola o‘quvchini jamiyatdagi muammolar haqida chuqurroq o‘ylashga, ma’naviy uyg‘onish zarurligini his etishga undaydi hamda “Qo‘rqma” asarining asosiy ruhini — millatni uyg‘otishga bo‘lgan da’vatni ta’sirchan tarzda yoritib beradi.
References
1. Jovliyev, J. Qo‘rqma. — Toshkent: nashriyot, 2020.
2. Fitrat, A. Milliy tarbiya va boshqa asarlar. — Toshkent: Sharq nashriyoti.
3. Tantaviy, A. A. Nafis pand-nasihatlar va ibratli hikoyatlar. — Qohira: Al-Azhar nashriyoti.
4. Aziz Nesin. Tanlangan asarlar. — Istanbul: Nesin Vakfi, turli yillar.