QADIMGI DAVIR TAQINCHOG’LARI VA ULARNING ESTETIK AHAMIYATI.
Keywords:
A’nanaviy taqinchoqlar majmui ham xuddi kiyimlar singari ma’lum bir etnos hamda vetnografik va mahalliy guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. SHuning uchun hamtaqinchoqlarni tadqiq qilish nafaqat xalq kiyimlari evolyusiyasini yoritishda, balki xalqning tarixi, etnogenezi, ya’ni shakllanish tarixini o‘rganish va tarixiy nuqtai nazardan to‘g‘ri xulosa chiqarishda muhim va bebaho manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi, qolaversa, taqinchoqlarga bag‘ishlangan tadqiqotlar etnik va madaniy aloqalarni taxlil etishda ham ko‘mak beradi.Arxeolog olimlarning ta’kidlashlaricha, hunarmandchilik tarixida dastavval ayollar taqinchoqlari paydo bulgan esa-da, keyinchalik bu bezaklarni erkaklar ham taqishi urf bulgan .Abstract
Taqinchoqlar ham xuddi kiyimlar singari uzoq asrlar davomida shakllangan bo‘lib,ularning o‘ziga xosligi milliy xususiyatlar, bir xalqning boshqa etnos yoki etnik guruxlar bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalari, siyosiy tuzumning milliy madaniyatga ta’siri va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Xar bir xalqning etnik tarixidagi milliy an’analari, ijtimoiy munosabat va mafkuraning ayrim xususiyatlari taqinchoqlarning nafisligida ham o‘z aksini topadi.Taqinchoqlarning naqsh va bezagida u yoki bu etnosning asrlar davomida ardoqlanib kelingan milliy an’analar, ijodiy mahoragi va badiiy didi ham yorqin namoyon bo‘ladi.
References
1.”Moziydan sado” –ilmiy-amaliy,ma’naviy-ma’rifiy jurnal.2022-2023-yillar sonlari.
2.”Farg‘ona vodiysida muzey ishi va faoliyati” I.Yusupov, I.Karimov.
2022-yil, O‘zbekiston Respublikasi .Madaniy meros agentligi.
3.”Moziy soboqlari” – Alijon Azizov. Namangan- 2021-yil.
4.”San’at” jurnali- 2013-yil.
5.”Guliston” –ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-badiiy,madaniy-ma’rifiy jurnal. 2021-2022-yil