JALOLIDDIN MANGUBERDINING OZODLIK UCHUN KURASHI.
Keywords:
Jaloliddinning har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotmasligi, uning jasorati va mardligiga Chingizxon ham tan beradi. Tarixchilardan Juvayniy, Rashididdin va boshqalarning yozishlariga qaraganda Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolib Chingizxon o‘z o‘g‘illariga qarata “Otaning faqat shunday o‘g‘li bo‘lishi lozim. U olovli jang maydonidan o‘zini qutqarib, halokatli girdobdan najot qirg‘og‘iga chiqdimi, undan hali ulug‘ ishlar va qiyomatli isyonlar keladi!”,-dedi va uning orqasida ta’qib etishni ta’qiqladi.Abstract
Jaloliddin og‘ir bir paytda Movarounnahr urush domiga tortilgan, mamlakatning katta qismi mug‘ullar tomonidan istilo etilgan, imperiya qo‘shini yakson qilingan, amirlarning bir qismi xoinlik yo‘liga, qolgani o‘z joni-mulkini asrash yo‘liga tushgan, sulton mamlakatni o‘z holiga tashlab qo‘ygan, o‘zaro sarosima va tahlika hukm surgan bir vaqtda tarix sahnasida paydo bo‘ldi. Jaloliddin shunday bir og‘ir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun kurashib, mug‘ullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi. 14 marotaba mug‘ullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mug‘ullar bosqini arafasida Jaloliddin garchi katta o‘g‘il bo‘lsada, buvisi Turkon-xotun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan bo‘lib, taxt vorisi etib Turkon-xotun urug‘idan bo‘lmish boshqa bir shahzoda Qutbiddin O‘zloqshoh valiahd deb e’lon qilingan edi.
References
1. Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T., 2000.
2. Axmadjonov Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. T., 2003
3. Ismoilova J. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari. T., 2003.
4. Istoriya Uzbekistana. – T.: Fan, 2012.
5. Sagdullayev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. T., 2004.
6. Sagdullayev va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., 2000.