OʻZBEKISTONDA YOSHLAR OʻRTASIDAGI JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH BOʻYICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR “DEGREZLIK” MAHALLASI MISOLIDA
Keywords:
yoshlar jinoyatchilik huquqbuzarlik islohotlar profilaktika bandlik ta’lim huquqiy ong mahalla ijtimoiy himoya.Abstract
Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar Respublikamizda yoshlar siyosati davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki, yoshlar – jamiyatimizning bugungi qudrati va ertangi taraqqiyoti kafolati sanaladi. Bu boisdan Oʻzbekistonda mustaqillik yillaridan buyon yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ularning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokining ta’minlanishi, ularning huquqiy, ma’naviy hamda kasbiy kamolotiga e’tibor davlat darajasiga koʻtarilgan. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan yangilanish siyosati mamlakatimizdagi yoshlar siyosati sohasida jumladan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish borasida ko’plab samarali va ijobiy yutuqlarga erishilishiga sabab bo’ldi deya olamiz. Bu ishlar samarasi va ijobiy jihatlarini Farg’ona viloyati Qo’qon shahri “Degrezlik” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyatida ham yaqqol ko’rish mumkin. Sababi esa ushbu mahallada yoshlar o’ratsidagi jinoyat 2025-yilda qayd etilmadi va yoshlar jinoyati sohasida ushbu mahalla jinoyatdab holi mahalla maqomiga erishdi. Bunga ushbu mahallani barcha xodimlari ayniqsa mahalla yoshlar yetakchi say’i harakatlari natijasi deya olish mumkin. Yoʻl qoʻyilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni kamaytirish, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni oldini olish maqsadida keng qamrovli, izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik profilaktikasi davlat va jamiyatning asosiy vazifalaridan biri boʻlib, shu yoʻnalishda bir qator huquqiy hujjatlar, qaror va farmonlar qabul qilinmoqda.
References
1. Abdullayev, H. (2018). “Yoshlar jinoyatchiligining oldini olishda mahalla institutining o‘rni”. Huquq va Jamiyat, 2(4), 32-37.
2. Aminova, D. (2020). “Yoshlar tarbiyasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish”. Yoshlar Tarbiyasi Masalalari, 3(2), 15-20.
3. Bekmurodov, N. (2019). “O‘zbekiston yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishlari va ularning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o‘rni”. Ijtimoiy Fikr, 11(1), 65-71.
4. Esanov, R. (2021). “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni profilaktika qilishda zamonaviy usullarning ahamiyati”. Zamonaviy Ta’lim, 9(3), 58-62.
5. Kamilov, Z. (2021). “Jinoyatchilik profilaktikasi: yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlari”. Milliy Huquq, 10(4), 27-32.
6. Mirzayeva, S. (2019). “O‘zbekiston yoshlarida ijtimoiy xavfsizlik va huquqbuzarliklarni oldini olish”. Ijtimoiy Fanlar, 18(2), 44-50.
7. Raximov, O. (2022). “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish”. Innovatsion Tarbiya, 6(1), 21-26.
8. Saidov, B. (2020). “Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olishda davlat va jamiyat hamkorligi”. Davlat va Huquq, 8(2), 12-17.
9. To‘xtayev, M. (2018). “Huquqbuzarlikni kamaytirishda huquqiy targ‘ibotning o‘rni”. O‘zbek Huquqi, 4(2), 77-83.