MChJLAR UCHUN MUQOBIL MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB ETISHNING HUQUQIY MASALALARI-BIZNES-ANGELLAR INSTITUTI

Authors

  • Dilfuza Miradxamova Soliddin qizi Author

Keywords:

mas’uliyati cheklangan jamiyat, muqobil moliyalashtirish, biznes-angel, investitsiya shartnomasi, korporativ huquq, bank krediti, investor huquqlari.

Abstract

Mazkur tezis mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJlar) tomonidan moliyaviy resurslarni jalb etish amaliyotida bank kreditlarining ustunligi va ushbu modelning cheklangan imkoniyatlarini huquqiy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Xususan, biznes-angellar (business angels) instituti MChJlar uchun muqobil moliyalashtirish manbai sifatida ko‘rib chiqiladi hamda uning huquqiy tabiati, afzalliklari va tartibga solish bilan bog‘liq muammolari ochib beriladi. Tezisda bank kreditlariga yuqori darajada tayanish iqtisodiy xavflarni kuchaytirishi, kichik va o‘rta biznes subyektlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi asoslanadi. Qiyosiy-huquqiy yondashuv asosida Yevropa Ittifoqi tajribasi, xususan, biznes-angellar instituti rivojlangan yurisdiktsiyalardagi normativ yondashuvlar tahlil qilinadi hamda O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-huquqiy takliflar ilgari suriladi.

References

Xulosa qilib aytganda, MChJlar uchun bank kreditlariga muqobil moliyalashtirish manbai sifatida biznes-angellar instituti muhim huquqiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Ushbu institutni huquqiy jihatdan tartibga solish MChJlarning moliyaviy barqarorligini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston qonunchiligida biznes-angel investitsiyalarining huquqiy asoslarini belgilash, ulushga kirish va chiqish mexanizmlarini aniqlashtirish hamda ishtirokchilar kelishuvlarini normativ darajada mustahkamlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Published

2025-12-13

How to Cite

[1]
2025. MChJLAR UCHUN MUQOBIL MOLIYAVIY RESURSLARNI JALB ETISHNING HUQUQIY MASALALARI-BIZNES-ANGELLAR INSTITUTI. Ustozlar uchun. 85, 6 (Dec. 2025), 287–289.