QARG‘ISHLARNING MADANIY KODLARI VA NORMATIV FUNKSIYALARI
Keywords:
qarg‘ish, madaniy kod, nutq amali, performativlik, diniy diskurs, ijtimoiy norma, etnolingvistika, qiyosiy tahlilAbstract
Mazkur tezisda qarg‘ishlar lingvistik birlik sifatida emas, balki madaniy, diniy
va ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi nutq amali sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi qarg‘ishlarning semantik, pragmatik va normativ
xususiyatlarini qiyosiy yondashuv asosida o‘rganishga qaratilgan. Qarg‘ishlar
madaniy tabularni buzuvchi hodisa sifatida emas, balki jamiyatda axloqiy
me’yorlarni ta’minlash, adolatni tiklash va ijtimoiy ziddiyatlarni verbal tarzda qayta
ishlash vositasi sifatida talqin qilinadi. Tahlil natijalari qarg‘ishlarning har bir til
tizimida turlicha ijtimoiy funksiya bajarishini ko‘rsatadi: ingliz tilida - individual
norozilik va nutq erkinligining ifodasi, rus tilida - diniy-siyosiy ziddiyatlarning
og‘zaki folklor performansi, o‘zbek tilida esa - axloqiy-normativ nazorat va jamoaviy
tartibni saqlash mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi.