INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA TEONIMIK BIRLIKLARNING PRAGMALINGVISTIK TIPOLOGIYASI: NUTQIY TA’SIR VA KOMMUNIKATIV STRATEGIYALAR

Authors

  • Muxtorjon BAXTIYAROV Author

Keywords:

Kalit so’zlar: teonimik birliklar, pragmalingvistika, nutqiy aktlar, illokutiv kuch, desacralizatsiya, semantic bleaching, kommunikativ strategiyalar, qiyosiy tipologiya.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida teonimik birliklarning pragmalingvistik tipologiyasi qiyosiy aspektda o’rganiladi. Tadqiqot J.L.Austin va J.R.Searl nutqiy aktlar nazariyasi, G.P.Grice kooperatsiya prinsipi hamda P.Brown va S.Levinson yuz saqlash nazariyasi metodologik asos sifatida qabul qilinib olib borilgan. Maqolada ingliz tilidagi God, Lord, the Almighty va o’zbek tilidagi Alloh, Xudo, Parvardigor, Tangri kabi teonimik birliklarning assertiv, direktiv, komisiv, ekspressiv va deklarativ nutqiy aktlardagi illokutiv kuchi tahlil qilingan. Qiyosiy tahlil natijasida ingliz tilidagi teonimik birliklarning desacralizatsiya jarayoniga ko’proq uchragan holda individ-yo’naltirilgan kommunikativ strategiyalarda, o’zbek tilidagi teonimik birliklarning esa sakral ma’nosini saqlab, jamoa-yo’naltirilgan funksiyada faolroq qo’llanilishi aniqlangan. Semantic bleaching hodisasi ikkala tilda turli darajada kechganligi ko’rsatilgan. Tadqiqot natijalari qiyosiy pragmatika, lingvistik relativisizm va madaniyatlararo kommunikatsiya nazariyalari uchun empirik material sifatida xizmat qiladi.

Published

2026-11-06

How to Cite

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA TEONIMIK BIRLIKLARNING PRAGMALINGVISTIK TIPOLOGIYASI: NUTQIY TA’SIR VA KOMMUNIKATIV STRATEGIYALAR. (2026). KONFERENSIYA, 1(2), 1163-1166. http://journalss.org/index.php/conf/article/view/36135