KRIMINAL SEMANTIKALI LEKSEMA KOMPONENTLI PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING QIYOSIY TADQIQI
Keywords:
Kalit so‘zlar: paremiologik birlik, maqol, kriminal semantika, leksema komponent, qiyosiy tadqiq, lingvokulturologiya, ingliz, rus va o‘zbek tillari.Abstract
Annotatsiya: Maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi kriminal semantikali leksema (o‘g‘ri, o‘g‘irlik, qotil, qamoq, qozi, qonun va h.k.) komponentli paremiologik birliklar qiyosiy aspektda tadqiq etiladi. Tadqiqotda komponent tahlil, lingvokulturologik va qiyosiy-chog‘ishtirma metodlardan foydalanildi. Paremalar to‘rt semantik guruhga ajratildi: jinoyatchi obrazi, jinoiy harakat, jinoyat sababi, jazo va adolat. Natijalar uch tilda “jinoyat albatta fosh bo‘ladi” va “katta jinoyatchi jazodan qutuladi” degan umumiy g‘oyalar mavjudligini, biroq jazo obrazlari va diniy-axloqiy baholashda milliy farqlar borligini ko‘rsatdi. O‘zbek paremalarida halol-harom qarama-qarshiligi, rus paremalarida ijtimoiy adolatsizlikka kinoya, ingliz paremalarida esa huquqiy-pragmatik yondashuv ustunlik qiladi.