BADIIY DISKURSDA GENDER MUNOSABATLARI VOQELANISHINING PRAGMA-LINGVISTIK MODELI
Keywords:
Kalit so’zlar: Badiiy diskurs, gender munosabatlari, pragma-lingvistika, diskurs tahlili, nutq aktlari, kommunikativ strategiyalar, gender lingvistikasi, badiiy matn pragmatikasi, kontekst, til va gender.Abstract
Mazkur maqolada badiiy diskursda gender munosabatlari voqelanishining pragma-lingvistik modeli tahlil qilinadi. Tadqiqotda gender tushunchasining lingvistik va pragmatik jihatlari, shuningdek, erkak va ayol obrazlari nutqida namoyon bo‘ladigan kommunikativ strategiyalar, nutq aktlari hamda baholovchi birliklar o‘rganiladi. Badiiy matn misolida genderga xos til birliklarining kontekstual qo‘llanilishi, muallif pozitsiyasi va personajlararo munosabatlarda pragmatik ma’no hosil bo‘lish mexanizmlari yoritiladi. Pragma-lingvistik yondashuv asosida gender munosabatlarining diskursiv modeli ishlab chiqilib, uning badiiy matn mazmunini shakllantirishdagi o‘rni aniqlanadi. Tadqiqot natijalari gender lingvistikasi, pragmatika va diskurs tahlili sohalarida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.