“KO‘NGIL” VA KAYFIYAT KONSEPTINI VOQELANTIRUVCHI VERBALIZATORLAR TRANSFERI: “BOBURNOMA” ASARIDAGI AFFEKTIV ATMOSFERANING INGLIZ TILIGA TARJIMASI HAMDA EFL O‘RGANUVCHILARNING STRATEGIYALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kayfiyat (mood), ko‘ngil, Boburnoma, adabiy tarjima, affektiv atmosfera, semantik siljish, EFL strategiyalari.Abstract
Ushbu maqola “Boburnoma” asarida “ko‘ngil” konsepti orqali shakllanadigan kayfiyat (mood) konseptini voqelantiruvchi vositalar tizimini ingliz tiliga tarjimada qanday qayta konseptualizatsiya qilinishini tahlil qiladi. Tadqiqotda bu verbaalizatorlar konnotatsiya, obrazlilik, ritm va muallif pozitsiyasi orqali yuzaga keladigan ko‘p signalli tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Qiyosiy tahlil “ko‘ngil” so‘zi bilan ifodalangan verbalizatorlar tarjimasida uchraydigan barqaror siljishlarni (affektiv lokus ko‘chishi, metafora qayta tuzilishi, eksplisitlashtirish) tipologiyalaydi. Maqolaning amaliy qismi EFL o‘rganuvchilarning kayfiyat konsepti verbalizatorlarini aniqlash va tarjimada saqlash bo‘yicha strategiyalarini (obrazga tayanish, semantik yaqinlikni ustuvor qo‘yish, izohlash, moslashtirish) ko‘rsatib, tarjima va EFL kurslari uchun mashqlar modelini taklif etadi.