YOSHLAR ORGANIZMIDA REVMATIK JAMIYATINING ERTA BELGILARI

Authors

  • Razzakov Nabijon Alijonovich Author
  • Mirzarahmonova Robiya Nozimjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: bo‘g‘imlarda qattiqlik, ertalabki og‘riq, shish, tana haroratining ko‘tarilishi, umumiy holsizlik, charchoq, ishtahaning pasayishi, terida o‘zgarishlar, yurak urishining tezlashishi, mushaklardagi og‘riq.

Abstract

Annotatsiya: Yoshlar organizmida revmatik kasalliklar turli klinik ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin va bu kasalliklarning erta belgilarini bilish kasallikni o‘z vaqtida aniqlab, samarali davo choralarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Revmatik kasalliklar — bu asosan immun tizimi nomutanosibligi, yallig‘lanishli jarayonlar va bog‘lov, tog‘ay hamda boshqa to‘qimalarni zararlovchi surunkali xastaliklardir. Ular organizmning butun tizimlariga, jumladan, bo‘g‘im, yurak, teri, buyrak, asab va qon-tomir tizimlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ahamiyatlidir. Yoshlar orasida aniqlanadigan revmatik kasalliklar erta bosqichda ko‘pincha noaniq klinik belgilar bilan namoyon bo‘ladi, bu esa diagnostikani qiyinlashtiradi. Shuning uchun kasalliklarning dastlabki belgilarini to‘g‘ri baholash va ularga nisbatan hushyor bo‘lish shifokor va ota-onalarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Published

2026-02-07

How to Cite

YOSHLAR ORGANIZMIDA REVMATIK JAMIYATINING ERTA BELGILARI . (2026). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 3(1), 445-450. http://journalss.org/index.php/ito/article/view/18067