“O’ZBEKISTONDAGI YUNESKO RO’YXATIGA KIRITILGAN SHAHARLAR”
Keywords:
Kalit so‘zlar: YUNESKO, Butunjahon madaniy merosi, O‘zbekiston, tarixiy shaharlar, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, madaniy meros, me’moriy yodgorliklar, jahon sivilizatsiyasi, tarixiy obidalar, madaniy merosni muhofaza qilish, turizm rivoji,tarixiy madaniy hududlarAbstract
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy shaharlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy-madaniy ahamiyati, me’moriy yodgorliklari, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, YUNESKO tomonidan ob’ektlarni Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish mezonlari, O‘zbekistonning madaniy merosni muhofaza qilish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati hamda ushbu shaharlarning turizm sohasidagi ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada milliy tarixiy merosni asrab-avaylash, uni kelajak avlodlarga yetkazish va jahon miqyosida targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning boy madaniy merosini xalqaro miqyosda o‘rganish, uni muhofaza qilish va samarali foydalanishga xizmat qilishi mumkin.