MUSTAQILLIK YILLARIDA FARG’ONA VODIYSIDA TIBBIYOT MUASSASALARI: TARIX, RIVOJLANISH VA ZAMON TALABLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar. Mustaqillik yillari, Farg‘ona vodiysi, tibbiyot muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimi, tibbiy islohotlar, birlamchi tibbiy yordam, zamonaviy tibbiyot, kadrlar salohiyati, raqamlashtirish.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysida tibbiyot muassasalari tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy islohotlar jarayoni tarixiy-tahliliy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot davomida hududda sog‘liqni saqlash sohasini modernizatsiya qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, birlamchi tibbiy yordam muassasalarining faoliyati va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamon talablariga mos ravishda tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning samaradorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada amalga oshirilgan islohotlarning ijtimoiy ahamiyati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish istiqbollari ilmiy asosda ochib beriladi.