KAPITAL TUZILMASINI BOSHQARISHDA MOLIYAVIY RISK OMILLARI TAHLILI

Authors

  • Sharipov Ismoil Farrux o’g’li Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: kapital tuzilmasi, moliyaviy risk, moliyaviy leveraj, kredit riski, foiz stavkasi riski, likvidlik riski, kapitalko‘rsatkichlar qiymati, moliyaviy barqarorlik.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda kapital tuzilmasini boshqarish jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy risk omillari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda qarz va o‘z kapitali nisbatining o‘zgarishi bilan bog‘liq risklar, foiz stavkalari tebranishi, likvidlik yetishmovchiligi, kredit riski hamda bozor noaniqligi kabi omillarning kompaniya moliyaviy barqarorligiga ta’siri o‘rganiladi. Kapital tuzilmasini shakllantirishda risk va rentabellik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, kapitalko‘rsatkichlar qiymati va moliyaviy leveraj darajasining o‘zgarishi risk darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi empirik va nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tezis natijalari kapital tuzilmasini boshqarishda risklarni identifikatsiya qilish, baholash va minimallashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Published

2026-03-02

How to Cite

KAPITAL TUZILMASINI BOSHQARISHDA MOLIYAVIY RISK OMILLARI TAHLILI. (2026). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 4(1), 195-199. http://journalss.org/index.php/ito/article/view/20564