QARZ MABLAG’LAR ULUSHINING KORPORATIV BOZOR QIYMATIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit soʻzlar: qarz mablag‘lari, bozor qiymati, bozor kapitalizatsiyasi, moliyaviy leveraj, soliq qalqoni, investorlar kutishlari, kapital siyosati, korporativ moliyalashtirish.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda korporativ moliyalashtirish tarkibida qarz mablag‘lari ulushining o‘zgarishi kompaniya bozor qiymatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda qarz kapitalining iqtisodiy samaradorligi, soliq qalqoni effekti, moliyaviy intizom mexanizmi hamda investorlar kutishlari bilan bog‘liq omillar kompleks baholanadi. Shuningdek, qarz ulushining ortishi bilan bog‘liq qiymat o‘zgarishlari nolinear xususiyatga ega ekanligi asoslab beriladi. Tezisda qarzdorlik darajasi va bozor kapitalizatsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning iqtisodiy mohiyati ochib beriladi hamda optimal qarz nisbatini aniqlashning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Olingan natijalar korporativ moliyaviy strategiyani shakllantirishda qarz siyosatini samarali boshqarish zarurligini ko‘rsatadi.