YANGI O`ZBEKISTON YOSHLARI AXLOQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA MA’NAVIY-MA’RIFIY MEXANIZMLARNING SAMARADORLIGI
Abstract
Har qanday jamiyat o‘z istiqbolini, potensial imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib tasavvur eta olmaydi. Ushbu haqiqatni yashab turgan bugungi zamonimizning rivojlanish xususiyatlari ham tasdiqlab turibdi. Ma’naviyat va ma’rifat omili necha ming yillar osha xalqimizning o‘zligini yo‘qotmay, ba’zi millatlar kabi yo‘q bo‘lib ketmasdan saqlanib qolishini ta’minlagan o‘ta muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Bugun esa o‘z oldiga ulkan rejalar qo‘yib, odimlab borayotgan mamlakatimizning ezgu maqsadlariga erishishi uchun zarur bo‘lgan quvvat manbaiga aylangani bejiz emas. Shu bois, yurtimizda ma’naviyat va ma’rifat masalalariga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Sog‘lom fikrli, zamonaviy bilim va kasblarni puxta egallagan, yuksak mas’uliyatli va barkamol avlodni tarbiyalash ma’naviyat va ma’rifat sohasi uchun birlamchi masaladir.