TA’LIM JARAYONIDAGI NIZOLARNI GENDER HOLATI BO’YICHA, PEDAGOG VA TALABA O‘RTASIDA TADQIQ ETILISHI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: gender, pedagogik nizo, ta’lim jarayoni, pedagog-talaba munosabati, kommunikativ madaniyat, gender stereotiplari, konfliktologiya, pedagogik muhit.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayonida pedagog va talaba o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni gender nuqtai nazaridan tahlil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda pedagogik nizolarning kelib chiqish omillari, gender stereotiplari, kommunikativ munosabatlar hamda pedagogik muhitdagi ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganildi. Ta’lim jarayonida erkak va ayol talabalar hamda pedagoglar o‘rtasidagi muloqot uslubi, nizolarni qabul qilish va hal etish strategiyalaridagi farqlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gender xususiyatlari pedagogik nizolarning paydo bo‘lishi va ularni hal qilish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu asosda ta’lim muassasalarida genderga sezgir pedagogik muhitni shakllantirish va nizolarni konstruktiv hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.