KIMYO DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Keywords:
Kalit so'zlar: interfaol metodlar, raqamli texnologiyalar, kimyo ta'limi, PhET simulyatsiyalari, virtual laboratoriya, o'quvchi faolligi, samaradorlik, innovatsion ta'lim.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo fanini o'qitishda interfaol metodlar (aqliy hujum, didaktik o'yinlar, guruhli muhokamalar, muammo asosidagi o'rganish) va shuningdek raqamli texnologiyalar (PhET interfaol simulyatsiyalari, Kahoot va Quizizz platformalari, virtual laboratoriyalar, multimedia resurslari) ning samaradorligi o'rganiladi. Tadqiqotni ishlab chiqishda xorijiy va O'zbekistonlik olimlarning ishlariga asoslanib, ushbu yondashuvlarning o'quvchilarning faolligini 30–40% ga oshirishi, kontseptual tushunishni yaxshilash va motivatsiyani oshirishni ko'rsatadi. Amaliy tajribalar Toshkent,Samarqand shahridagi maktablarda o'tkazilgan bo'lib, natijalar baholar o'sishi (o’rtacha taxminiy hisobda 10–15%), tushunish darajasining yaxshilanishi va o'quvchilarning o’qishga bo’lgan o’qish salohiyatini oshirganini tasdiqlaydi. Maqolada afzalliklar, cheklovlar (internet muammolari, o'qituvchi tayyorgarligi) va O'zbekiston ta'lim tizimiga mos bo’lgan bir nechta takliflar va loyihalar ko’rsatib o’tilgan.