RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI BARQARORLIK REYTINGINI SHAKLLANTIRISH VA MONITORING QILISH USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik subyektlari, barqarorlik reytingi, monitoring, iqtisodiy tahlil, axborot tizimi, moliyaviy barqarorlik, boshqaruv, innovatsiya.Abstract
Annotatsiya: So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar iqtisodiyotning barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, tadbirkorlik subyektlari faoliyati, ularning moliyaviy natijalari, tashqi va ichki muhitga moslashishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini zamonaviy boshqarish jarayoni tubdan o‘zgarmoqda. Raqamli transformatsiya zamonaviy biznesga ko‘plab innovatsion imkoniyatlarni ochib beradi, resurslardan samarali foydalanish, xavflarni aniqlash va oldini olish, raqobatbardoshlikni ta’minlash hamda moliyaviy barqarorlikni doimiy monitoring qilish imkoninatini yaratadi. Tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingini shakllantirish va monitoring qilishda raqamli vositalar va axborot texnologiyalari muhim usullardan biri sifatida hozirgi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda.