HAR XIL TABIIY HUDUDLARDAGI HISORI QO‘YLAR POSTNATAL ONTOGENEZIDA QALQONSIMON BEZLARI O‘NG BO‘LAGI KATTA YUMALOQ FOLLIKULASINING O‘ZGARISHI
Keywords:
hisori, endokrin tizim, qalqonsimon bez, o‘ng bo‘lak, katta yumaloq follikula, postnatal ontogenez, yod tanqisligi, o‘sish koeffitsiyenti, morfometrik, mutloq ko‘rsatkich.Abstract
yod tanqisligi turlicha bo‘lgan tabiiy sharoitlardagi
qo‘ylar qalqonsimon bezlar o‘ng bo‘laklarigi katta yumaloq follikula
diametrining postnatal ontogenezda o‘zgarish dinamikasi o‘rganilgan.
qalqonsimon bezning o‘ng bo‘lagi katta yumaloq follikulasi diametrining
mutloq ko‘rsatkichi qo‘ylar postnatal ontogenezining 3 oyligiga qadar jadal
ortishi, 18 oylikkacha sezilarli o‘zgarmasligi va Qashqadaryo viloyatidagilarda
60 oylikkacha kamayib borishi, Farg‘ona viloyatidagilarda 24 oylikda keskin
ko‘tarilishi hamda 60 oylikda sezilarli pasayishi aniqlangan; qalqonsimon
bezning katta yumaloq follikulasi diametri mutloq ko‘rsatkichining o‘sish
koeffitsiyenti postnatal ontogenezning 3 kunligidan 60 oyligigacha davr
ichida Farg‘ona viloyati hududidagi qo‘ylarda Qashqadaryo viloyatidagilarga
nisbatan yuqori bo‘lishi kuzatilgan.