ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI AUDIOVIZUAL VOSITALAR ORQALI RIVOJLANTIRISH METODIKASI (4-SINF MISOLIDA)

Authors

  • Raximjonova Xilola Raximjon qizi Author

Keywords:

ona tili, tinglab tushunish, ko‘nikma, audiovizual vositalar, rivojlantirish, metodika, 4-sinf, boshlang‘ich ta’lim, dars jarayoni, o‘quvchilar.

Abstract

Ona tili darslari o‘quvchilar uchun kommunikativ 
kompetensiyani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tinglab 
tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish orqali o‘quvchilar nafaqat og‘zaki 
nutqni idrok qilishda, balki mustaqil muloqotga kirishda ham muhim 
malakalarga ega bo‘ladilar. Bu borada an’anaviy dars usullari bilan bir 
qatorda zamonaviy texnologiyalar, xususan, audiovizual vositalardan keng 
foydalanish dars samaradorligini yanada oshiradi. Audiovizual vositalar deb, 
tovush va tasvir yordamida bilim olishni rag‘batlantiruvchi texnik qurilmalar 
va ularning ilovalari tushuniladi. Ular yordamida o‘quvchilar mavzuni 
chuqurroq o‘zlashtiradi, nafaqat so‘zlarning talaffuzini, balki tovush, 
intonatsiya, mimika va harakatlarni to‘g‘ri idrok etishga o‘rganadi.

Published

2025-12-28

How to Cite

ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI AUDIOVIZUAL VOSITALAR ORQALI RIVOJLANTIRISH METODIKASI (4-SINF MISOLIDA) . (2025). KELAJAK SARI YANGI O’ZBEKISTON: ILM-FAN, TEXNOLOGIYA VA TA’LIM, 2(1), 334-340. http://journalss.org/index.php/ks/article/view/13414