RUS TILIDAGI RASMIY HUJJATLAR VA STATISTIK TO‘PLAMLAR. (XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHI)
Keywords:
Turkiston, arxiv hujjatlari, statistika, manbashunoslik, N.A. Mayev, aholini ro‘yxatga olish, general-gubernatorlik, rasmiy hisobotlar.Abstract
Ushbu tezis Turkiston general-gubernatorligi davrida
yuzaga kelgan rasmiy ish yuritish hujjatlari, ma’muriy hisobotlar va statistik
to‘plamlarning manbashunoslik tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda Rossiya
imperiyasi ma’muriyati tomonidan to‘plangan raqamli ma’lumotlar va
idoraviy yozishmalarning mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy hayotini o‘rganishdagi
ahamiyati yoritilgan. Ayniqsa, 1897-yilgi aholini ro‘yxatga olish materiallari
va "Turkiston o‘lkasi statistikasi uchun materiallar" to‘plamining dolzarbligi
ko‘rsatib berilgan. Manbalarni o‘rganishda imperiyaviy mafkuraning ta’sirini
hisobga olgan holda tanqidiy yondashish zarurligi asoslanadi.
Published
2026-01-27
Issue
Section
Articles
How to Cite
RUS TILIDAGI RASMIY HUJJATLAR VA STATISTIK TO‘PLAMLAR. (XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHI) . (2026). KELAJAK SARI YANGI O’ZBEKISTON: ILM-FAN, TEXNOLOGIYA VA TA’LIM, 3(1), 300-302. http://journalss.org/index.php/ks/article/view/16677