QURILISH SOHASIDA RISK – MOSLASHTIRILGAN BOSHQARUV KO‘RSATKICHLARI TIZIMINI JORIY ETISH SAMARADORLIGI
Keywords:
Xalqaro ilmiy adabiyotlarda riskka moslashtirilgan boshqaruv ko‘rsatkichlari kontseptsiyasi korporativ boshqaruv, investitsiya tahlili va loyiha menejmenti doirasida keng muhokama qilinmoqda. RAROC, EVA, Sharpe ratio kabi risk – adjusted performance measures kapital qiymatini baholash va qaror qabul qilish samaradorligini oshirish vositasi sifatida talqin etiladi.Abstract
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni tarkibiy modernizatsiya qilish,
investitsiya muhitini yaxshilash va qurilish sohasida barqaror rivojlanishni
ta’minlashga
qaratilgan
islohotlar
sharoitida
korxonalar
faoliyatini
boshqarishga qo‘yilayotgan talablar sifat jihatdan yangi bosqichga
ko‘tarilmoqda. Infratuzilmani yangilash, yirik shaharsozlik loyihalarini
amalga oshirish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish qurilish
korxonalari uchun moliyaviy barqarorlik, xarajatlar samaradorligi va
risklarning tizimli boshqarilishiga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.
SHu bois zamonaviy sharoitda riskka moslashtirilgan boshqaruv
ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish va uni amaliyotga joriy etish qurilish
sohasida strategik ahamiyatga ega vazifalardan biriga aylanmoqda.