YUZ-JAG‘ SOHASI ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH VA UNING TASHXISLASHDAGI AHAMIYATI

Authors

  • NAVRUZOVA MADINA ORZIJONOVNA Author
  • AZIMOVA SHAHNOZA SHUHRATOVNA Author

Keywords:

Almashinuv tishlov, tish qatorlari anomaliyasi, yuz-jag‘ sohasi, antropometriya, ortodontik tashxis.

Abstract

So‘nggi yillarda bolalar orasida tish-jag‘ tizimi anomaliya va 
deformatsiyalarining ko‘payib borishi zamonaviy stomatologiyaning dolzarb 
muammolaridan biri hisoblanadi. Tish-jag‘ tizimi organizmning yagona va 
murakkab biomekanik tizimi bo‘lib, uning har qanday bo‘g‘inida yuzaga 
kelgan patologik o‘zgarishlar nafaqat lokal, balki umumiy funksional 
buzilishlarga olib kelishi mumkin. Tish qatorlarida bir yoki bir nechta 
tishlarning yetishmasligi, noto‘g‘ri joylashuvi yoki patologik tishlovlar 
okklyuziyaning buzilishiga, chaynash samaradorligining pasayishiga va 
keyinchalik 
chakka-pastki 
jag‘ 
bo‘g‘imida 
patologik 
o‘zgarishlar 
rivojlanishiga sabab bo‘ladi.Almashinuv tishlov davri (10–13 yosh) tish-jag‘ 
tizimi shakllanishining muhim bosqichi bo‘lib, aynan shu davrda yuzaga 
kelgan anomaliyalarni erta aniqlash va to‘g‘ri tashxislash kelgusidagi 
ortodontik davolash samaradorligini belgilaydi. Shu bois, tish qatorlari 
anomaliyalarini tashxislashda yuz-jag‘ sohasi antropometrik ko‘rsatkichlarini 
o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 

Published

2026-02-28

How to Cite

YUZ-JAG‘ SOHASI ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH VA UNING TASHXISLASHDAGI AHAMIYATI. (2026). KELAJAK SARI YANGI O’ZBEKISTON: ILM-FAN, TEXNOLOGIYA VA TA’LIM, 4(1), 159-162. http://journalss.org/index.php/ks/article/view/20307