BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATLARGA HURMAT TUYG‘USINI TARBIYALSHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
: milliy qadriyatlar, ma’naviyat, boshlang‘ich ta’lim, tarbiya, pedagogik jarayon, oila va maktab hamkorligi, ma’naviy immunitet, yosh psixologiyasi, qadriyatlarni shakllantirish, Vatanga sadoqat.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish jarayoni
chuqur pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida tahlil qilingan.
Tadqiqotda milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyati, ularning tarixiy
ildizlari, jamiyat hayotidagi o‘rni, shuningdek globallashuv sharoitida ularni
yosh avlodga singdirishning zaruriyati asoslab beriladi. Maqolada
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari, psixologik rivojlanish
bosqichlari va ma’naviy tarbiya bilan uzviy bog‘liqligi keng yoritilgan.
Jarayonning samaradorligini oshirishda o‘qituvchi shaxsining o‘rni, ta’lim
muhiti, sinfdagi tarbiyaviy ishlar, oilaning ta’siri, madaniy-tarbiyaviy
merosning uzviyligi ilmiy tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlarni singdirishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, integratsiyalashgan ta’lim, amaliy
topshiriqlar, milliy an’analarga asoslangan tarbiyaviy usullar qo‘llanishining
afzalliklari asoslanadi. Maqola natijalari boshlang‘ich ta’limda milliy
ma’naviy tarbiyani kuchaytirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy takliflar bilan
yakunlanadi.