HARBIY SAN’ATNING TARIXIY SHAKLANISHI VA KLASSIK NAZARIYALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Harbiy taktika, operativ(tezkorlik) va strategiya harbiy operatsiyalar, mudofaa va hujum.Abstract
Annotatsiya: Harbiy san’at inson jamiyatining eng qadimiy va muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Uning shakllanishi insonning jang qilish qobiliyati, mudofaa va hujumg qilishga oid bilimlari, turli asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lib, tarixiy jarayonda jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoitlaridan katta ta’sir olgan holda rivojlangan. Qadimgi davrlardan to hozirgi zamonaviy vaqtlargacha harbiy san’at o‘zgarib, to‘xtovsiz rivojlanib borgan. Ushbu jarayonda uning nazariy asoslari ham mukammallashgan va bu jarayonda klassik harbiy nazariyalar paydo bo‘lgan.
Klassik harbiy nazariyalar strategik, taktik va operativ jihatdan harbiy faoliyat olib borishni tartibga soluvchi qoidalar va konsepsiyalar tizimini tashkil etadi. Ular harbiy operatsiyalarni(jangovar harakatlarni) rejalashtirish, jang maydonida qarorlar qabul qilish, resurslarni taqsimlash va armiyani boshqarishga oid tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Leonardo da Vinchi, Karl fon Klauzevis, Sun szы kabi atoqli harbiy mutaxassislar va mualliflar ushbu nazariyalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaganlar.
Harbiy san’atning tarixiy shaklanishi va klassik nazariyalarining o‘rganilishi nafaqat harbiy sohada, balki siyosatshunoslik, tarix, iqtisodiyot va xalqaro munosabatlarda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu nazariyalar orqali zamonaviy harbiy va strategik muammolarni tushunish, yangi taktikalar va strategiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash imkoniyati yaratiladi.
References
1. Carl von Clausewitz — On War
2. Antoine‐Henri Jomini — Summary of the Art of War, The Art of War
3. Sun Tzi — The Art of War
4. Vegetius — De Re Militari
5. Milan Vego — Operational Art: Theory and Practice
6. “Conceptual Landmarks on the Evolution of Military Art” — Marian Hogea
7. “A History of Operational Art” — Wilson C. Blythe Jr.
8. Amir Temurning “Temur tuzuklari”.
9. Hamdam Sodiqovning Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati.