XOMILADORLIKDA VA TUG‘RUQDAN KEYINGI DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLARNING SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: xomiladorlik, tug‘ruqdan keyingi davr, davolovchi jismoniy mashqlar, ayollar salomatligi, jismoniy reabilitatsiya, nafas mashqlari, Kegel mashqlari, psixologik tiklanish, sog‘lom turmush tarziAbstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada xomiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrda ayollar organizmida yuz beradigan fiziologik hamda psixo-emotsional o‘zgarishlar sharoitida davolovchi jismoniy mashqlarning ahamiyati va samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda davolovchi jismoniy mashqlarning yurak-qon tomir, nafas olish, mushak-skelet tizimlariga ta’siri, shuningdek, tug‘ruq jarayoniga tayyorgarlik va tug‘ruqdan keyingi tiklanishdagi roli yoritilgan. Nafas mashqlari, tos tubi mushaklari uchun mashqlar (Kegel mashqlari), umumrivojlantiruvchi va cho‘zilish mashqlarining amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, davolovchi jismoniy mashqlarning tug‘ruqdan keyingi depressiya, ortiqcha vazn va funksional buzilishlarning oldini olishdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola natijalari xomilador va tug‘ruqdan keyingi ayollar bilan ishlovchi mutaxassislar, shifokorlar, reabilitologlar hamda pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Sharipova N. N. Xomilador ayollar salomatligini saqlashda jismoniy faollikning ahamiyati // O‘zbekiston tibbiyot jurnali. — 2021. — № 4. — B. 45–50.
2. Karimova D. R. Tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarni reabilitatsiya qilishda davolovchi jismoniy mashqlarning roli // Pedagogika va tibbiyot integratsiyasi. — Toshkent, 2022. — № 2. — B. 78–83.
3. Usmonova M. A. Ayollar reproduktiv salomatligini mustahkamlashda sog‘lom turmush tarzining o‘rni. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. — 168 b.
4. Abdullayeva Z. Q. Xomiladorlik davrida organizmning fiziologik moslashuvi va jismoniy mashqlar // Zamonaviy tibbiyot muammolari. — 2021. — № 3. — B. 92–97.