TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN

Authors

  • Majidova Mohinur Ulash qizi Author

Abstract

Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g‘amxo’rlik qilishi tufayli Samarqand
dunyoning madaniy ma’rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldilar. Masalan Qozizoda Rumiy, tabib Husomiddin Kermoniy, falakiyotshunos Mavlono Ahmad. Ulug‘bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar yetishib chiqdi hamda jahon ilm-faniga munosib hissa qo‘shdilar. Falakiyotshunoslik fanida Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi .Tarix ilmida Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofiz Obro‘, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqa tarixchilar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Abdurahmon jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Koshifiy singari olimlar yuksak sa’nat asarlari bilan mashhur bo‘ldi. Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda birinchi akademiyaga asos solindi. Yer kurrasini o‘lchash va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo‘lib ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona yo‘q edi.

Published

2026-02-12

How to Cite

Majidova Mohinur Ulash qizi. (2026). TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 94(2), 179-180. http://journalss.org/index.php/new/article/view/18723