TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI

Authors

  • Majidova Mohinur Ulash qizi Author

Abstract

Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi.
Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining butungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qildi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir.Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ilmfan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo‘lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko‘plab fan va san'at ahllarini, hunarmand me'morlarni va musavvirlarni to‘pladi.

Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo‘jaligiga alohida e'tibor berdi. O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi sun'iy sug‘orishga bog‘liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg‘ob vodiysida sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta'minlavchi- Lalmikor yerlarda ariklar qazildi. Dehqonchiliqda donli ekinlar, paxga, zig‘ir ekilgan. Bo‘yoq uchun ro‘yan o‘simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko‘p ekilgan.Uzum, limon yetishgirshnan.

Published

2026-02-12

How to Cite

Majidova Mohinur Ulash qizi. (2026). TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 94(2), 181-182. http://journalss.org/index.php/new/article/view/18724