ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “TUSHGANIDA BOSHINGGA QAYG’U…” SHE’RI TAHLILI

Authors

  • Nurmaxmatova Firuza Rasulovna Author

Keywords:

1. Aleksandr Arkadevich Faynberg. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, nashr yili. 2. Aleksandr Arkadevich Faynberg. She’rlar to‘plami. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, nashr yili. 3. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008. 4. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2010. 5. Yo‘ldoshev Q. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. 6. Rahimov B. Hozirgi zamon o‘zbek she’riyati. – Toshkent: Fan, 2012. 7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg 8. https://yuz.uz/uz/news/aleksandr-faynbergning-yorqin-xotirasi

Abstract

Annotatsiya: Aleksandr Arkadevich Faynberg XX asr o’zbek adabiyotining yorqin vakili,o’zining samimiy ruhga,falsafiy teranlikka ega asarlari bilan butun dunyoga tanilgan ijodkordir.U O’zbekiston badiiy-adabiy muhitiga singib ketgan o’zbek adabiytining nozik xususiyatlarini eng chuqur qatlamlarigacha kirib borib anglagan va betakror uslub bilan ishoda eta olgan  rusiyzabon shoir sanaladi.Faynberg she’riyatida samimiyat,hijron,ichki iztirob,insoniy dard,Vatan,muhabbat va hayotning o’tkinchiligi kabi mavzular teran mushohada etiladi.Faynberg ijodiyoti avvalambor samimiyligi bilan farqli.Uning she’rlarida soxta balandparvozlik,ortiqcha bezakdorlikdan ko’ra ichki kechinmalar,qalb iztiroblari va insoniy tuyg’ularning tabiiy ifodasi ustunlik qiladi.Shoir uchun she’riyat shunchaki hayot tarzi yoki san’atning bir yo’nalishi emas,inson qalbining eng katta ehtiyoji,ruhiy komillikka eltuvchi yo’l,yurakning o’zini anglab yetish vositasidir.U yozgan har bir satrda insonning ichki dunyosi,ko’ngil nozikligi,dard va sog’inchni qalbdan titrab-titrab chiqadigan  ohanglari mujassam.Ayniqsa,u ijokorning san’at qarishisidagi mas’uliyati,she’rning haqiqiy manbai,tuyg’ular masalasiga alohida yondashadi.Adabiyot tarixida ko’plab arboblar she’riyatning asl mohiyati nima ekanligi to’g’risida fikr yuritganlar.Kimdirlar she’rni ilhom mevasi desa,kimdirlar uni hayot tajribasi asasida yuzaga kelgan deb o’ylagan.Biroq Faynberg nazarida she’riyat markazida yurak turadi.U chinakam she’r tashqi qofiya-yu shakldan emas,balki qalbning titroq haroratidan tug’ilgan.Agar yurak iztirob cheksa,sog’insa,sevsa she’r dunyoga keladi.Agar qalbdagi bu hislar sovusa,so’nsa,eng zo’r qofiya ham unga qayta hayot baxsh eta olmaydi.Faynberg she’riy qarashlari o’zida umuminsoniy qarashlarni ham jamlagan.U insonni millat,til yoki hudud bilan chegaralab qo’ymaydi.Uning uchum dard ham,sog’inch ham,muhabbat ham umumiy tuyg’ular.Shoir ana shu umumiylikni o’z she’riyatida yoritar ekan,kitobxonni o’z ichki dunyosiga nazar tashlashga undaydi.Uning ijodiyotida ruhan poklanish,qalb harorati va so’zning samimiyligi ustuvor qadriyat sifatida namoyon bo’ladi.”Tushganida boshingga qayg’u…” misralari bilan boshlanuvchi she’r ham aynan yuqorida aytib o’tilgan mavzu,masala va xususiyatlarni o’zida jamlagan asardir.Mazkur maqola Aleksandr Arkadevich Faynbergning ushbu she’ri tahliliga bag’ishlangan.

Published

2026-02-22

How to Cite

Nurmaxmatova Firuza Rasulovna. (2026). ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “TUSHGANIDA BOSHINGGA QAYG’U…” SHE’RI TAHLILI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 95(2), 73-78. http://journalss.org/index.php/new/article/view/19673