ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERG SHE’RIYATIDA KUZ MANZARASI VA AYRILIQ FALSAFASI (“KUZNING MO’JIZASI-ALVONRANG SHAFAQ…” SHE’RI TAHLILI ASOSIDA)

Authors

  • Nurmaxmatova Firuza Rasulovna Author

Abstract

Annotatsiya: Aleksandr Arkadevich Faynberg XX o’zbek adabiyoti osmonida o’zining iste’dodi bilan eng yorqin yulduzlardan biriga aylangan ijodkordir.U nafaqat o’zi yashagan zamonning muammolarini badiiy uslubda qog’ozga tushirgan shoir,balki inson ruhining eng nozik qatlamlarini ham ta’sirli uslub bilan she’riyatga ko’chirgan ijodkor ham.Faynberg ijodiyotida shoirlik shunchaki tabiat tasvirlari yoki voqeliklarni kuzatib boorish bilan cheklanib qolmaydi;uning asarlari inson qalbi,uning ichki kechinmalari,hayotiy tajribalari va falsafiy mulohazalari chuqur aks etadi.Faynberg inson va tabiat orasidagi hamohanglik,vaqtning o’tkinchiligi,ayriliq va sog’inch hissiyoti,hayotning go’zalligi va tabiat kabi mavzularni o’z she’riyatida teran,insonni o’ylantirib qo’yadigan falsafiy mulohazalar vositasida yoritib beradi.Shoir she’riyatida tabiat tasvirlaridan salmoqli foydalansa-da,uning uchun tabiat tasviri dekorativ element emas.Ijodkor har bir rang,har bir manzara va harakatni inson ichki olamida ro’y beruvchi o’zgarishlar,his-tuyg’ular,sog’inch va xotiralarni tasvirlab berish uchun foydalanadi va ushbu tabiat tasvirlari inson ruhiy olami bilan uzviy bog’liqlikni hosil qiladi.Ayniqsa,kuz fasli Faynberg ijodida o’ziga xos o’rin egallaydi.Kuz-bu nafaqat tabiatning sarg’ayishi va yog’ochning sariqligi,balki inson qalbining ichki dunyosida uyg’onadigan hissiyotlar,xotira va ayriliq onlarini ramziy tarzda  aks ettiruvchi fasl sanaladi.Shoirning kuz manzaralarini tasvirlashdagi nozikligi va rang-barangligi uning she’riyatidagi falsafiy chuqurlik va lirik hissiyot uyg’unligini yaratadi.Shu bilan bir qatorda Faynbergning ijodiy yondashuvi o’ziga xos psixologik teranlik bilan ajralib turadi.Har bir kuz manzarasi ,har bir vokzal tasviri yoki relslarning  yaltirashi inson hayotining ma’lum bir lahzasini-uchrashuv va xayrlashuv,umid va sog’inch,iztirob va hayotning davomiyligi kabi kechinmalarni ochib beradi.Ijod bularni nafaqat ko’rish va eshitish orqali,balki hid,harakat va ranglarning tafsiliy tasviri bilan ham ifodalaydi,shu bilan o’quvchini to’liq estetik va ruhiy tajribaga chorlaydi.Aleksandr Arkadevich Faynberg o’zining “Kuzning mo’jizasi-alvonrang shafaq…” she’rida mana shunday she’riy uslub va yondashuvdan mohirona foydalangan.Mazkur maqola Faynbergning ushbu she’ri tahliliga asoslangan.

References

1. Aleksandr Arkadevich Faynberg. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.

2. Aleksandr Arkadevich Faynberg. She’rlar to‘plami. – Toshkent: Oʻzbekiston nashriyoti, 1975.

3. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1999.

4. Qosimov B. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2002.

5. Yo‘ldoshev Q. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.

6. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 5-jild. – Toshkent: Fan, 1980.

Published

2026-02-22

How to Cite

Nurmaxmatova Firuza Rasulovna. (2026). ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERG SHE’RIYATIDA KUZ MANZARASI VA AYRILIQ FALSAFASI (“KUZNING MO’JIZASI-ALVONRANG SHAFAQ…” SHE’RI TAHLILI ASOSIDA). JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 95(2), 79-84. http://journalss.org/index.php/new/article/view/19674