ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “YAM-YASHIL MAKON” SHE’RI TAHLILI
Abstract
Annotatsiya: Aleksandr Arkadevich Faynberg o’zing yangicha lirizmi,inson ichki kechinmalarini nozik tasvirlash san’ati,yuksak badiiy tafakkuri bilan XX asr o’zbek adabiyotida yuqori o’rin egallagan ijodkorlardan sanaladi.Uning adabiyoti o’zbek va rus badiiy adabiyot an’analari tutashgan nuqtada rivojlangan bo’lib,millatlararo ma’naviy yaqinlik,insoniy sadoqat,bolalik xotiralari,Vatanga muhabbat va hayotiy haqiqatlar singari mavzular uning ijodiyotidagi markaziy mavzulardan hisoblanadi va chuqur falsafiy tafakkur,mulohazalar vositasida ochib beriladi.Faynberg ijodida Toshkent obrazi alohida ahamiyatlidir.Uning uchun bu azim shahar shunchaki geografik makon emas,balkiy ruhiy manzil,qalb qo’rg’oni,bolalikning beg’ubor nafasi,ilk quvonch va iztirobning timsolidir.Shoirning umr yo’li uning ijodiy faoliyatidagi mazmun va ruhni belgilab bergan.U Toshkent shahrida tug’ilgan,shu yerdagi milliy muhitda voyaga yetgan,urushning suronli yillari,undan keying tiklanish davri,janiyatda ro’y bergan o’zgarishlar,insoniy qadriyatlar sinovdan o’tgan pallarni o’z boshidan o’tkazgan ijodkor sifatida o’sha damlarda,beg’ubor bolaligidan ulg’aygunigacha his qilgan barcha kechinmalarini qog’ozga ko’chirgan .Faynberg uchun shahar tirik organizm,u bilan dildan suhbat qurish,uni mushtoq bo’lib sog’inish,unga qaytish mumkin bo’lgan aziz go’sha.U ko’plab asarlarida devor,tom,daraxt,ko’cha,hovli kabi milliy hayot detallarini qo’llagan bo’lib,bu detallar o’z ma’nosidan ko’ra chuqurroq ramziy ma’noni ifodaladi va insonning butun hayoti mobaynida o’z ildizlariga bog’lanib yashashini anglatadi.Faynberg ijodi ko’p jihatdan xotira falsafasiga tayanch deyishimiz mumkin.Xotira shoir uchun shunchaki o’tmishni yod etish emas,balki o’tmishga qarab o’z-o’zini anglab yetish jarayonidir.Inson o’tmishini eslar ekan,aslida o’zini,o’z qadriyatlarini kimligini kashf etadi.Chunki har bir insonning qalbi qay darajada uzoqlarga ketmasin ,barbir bog’lanib turadigan bir manzil bo’ladi.Adabiyot nuqtai nazaridan o’ylab qaraganda Faynberg ijodi lirizm va falsafa uyg’unlashuvining nozik namunasi sifatida farqli.U hayotni dramatik qarama-qarshiliklar bilan emas,balki sokin kechinmalar orqali tasniflaydi.Shoirning badiiy uslubida tabiiylik ravonlik va obrazlarning real voqealardan olinganligi ustunlik beradi.Shu sababdan ham u yozgan asarlar turli davr avlod vakillariga ham tushunarli va yaqin bo’lib qoladi.
References
1. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 5-jild. – Toshkent: Fan, 1980.
2. Yo‘ldoshev Q. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.
3. Qosimov B. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2002.
4. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1999.
5. Aleksandr Arkadevich Faynberg. She’rlar to‘plami. – Toshkent: Oʻzbekiston nashriyoti, 1975.
6. Aleksandr Arkadevich Faynberg. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.