HUDUDLARDA ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI

Authors

  • Manuchehr Abduqodirov Author

Abstract

Hududlarning ishlab chiqarish salohiyati milliy iqtisodiyot barqaror o‘sishining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Hududiy darajada mavjud bo‘lgan mehnat resurslari, ishlab chiqarish fondlari, tabiiy resurslar, investitsion imkoniyatlar va innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish iqtisodiy rivojlanishning muhim omili sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli hududlarda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholash masalasi nafaqat ilmiy-nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb hisoblanadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda “samaradorlik” tushunchasi resurslardan foydalanish natijasida erishilgan iqtisodiy, ijtimoiy va moliyaviy natijalar bilan xarajatlar o‘rtasidagi nisbat sifatida talqin etiladi. Hududiy ishlab chiqarish samaradorligini baholash esa korxonalar va tarmoqlar faoliyatini hudud miqyosida umumlashtirgan holda tahlil qilishni talab etadi. O‘zbekiston sharoitida hududlar o‘rtasida sanoatlashuv darajasi, investitsiya oqimi, infratuzilma rivoji va mehnat unumdorligi bo‘yicha sezilarli tafovutlar mavjud bo‘lib, bu holat baholash usullarini puxta tanlash va kompleks yondashuvni talab qiladi[1].

 

[1] I.S.Xotamov, G.R.Madraximova. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.-T:<< Inovatsion rivojlnish  nashriyot-matbaa uyi>>, 2022.252bet.

Published

2026-03-02

How to Cite

Manuchehr Abduqodirov. (2026). HUDUDLARDA ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 96(1), 13-16. http://journalss.org/index.php/new/article/view/20562