BOZOR INFRATUZILMA VA UNING UNSURLARI

Authors

  • Davronov Akobir Baxtiyorovich Author

Abstract

Asosiy qism: Bozor infratuzilma bu bozor iqtisodiyotining eng muhim tarkibiy 
qismlaridan  biri  hisoblanadi.  U  iqtisodiy  faoliyat  yuritishda  katta  rol  o‘ynaydi. 
Infratuzilma orqali bozor subyektlari o‘rtasida o‘zaro aloqalar amalga oshiriladi.Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o‘z faoliyatini mustaqil ravishda olib boradi. 
Lekin ular bir-biri bilan bog‘liq holda ishlaydi. Shu sababli infratuzilma ularni bog‘lab 
turuvchi vosita hisoblanadi.Bozor infratuzilmasi turli xil tashkilotlar va xizmatlardan 
tashkil  topgan.  Ular  iqtisodiy  jarayonlarni  tashkil  etishda  muhim  o‘rin  egallaydi. 
Masalan bank tizimi, sugurta tashkilotlari, birjalar, savdo tarmoqlari va boshqalar.Bank 
tizimi  infratuzilmaning  asosiy  qismlaridan  biridir.  Banklar  orqali  pul  mablag‘lari 
harakat  qiladi.  Ular  kredit  beradi,  depozitlarni  qabul  qiladi  va  boshqa  moliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatadi. Bank tizimi yaxshi rivojlangan bolsa iqtisodiyot ham barqaror 
rivojlanadi. 
Sugurta  tizimi  ham  katta  ahamiyatga  ega.  U  iqtisodiy  xavflarni  kamaytiradi. 
Masalan turli korxonalar o‘z faoliyatini sugurta orqali himoya qiladi. Bu esa ularga 
ishonch  bilan  ishlash  imkonini  beradi.Birjalar  bozor  infratuzilmasining  yana  bir 
muhim qismi hisoblanadi. Birjalarda turli mahsulotlar va qimmatli qogozlar sotiladi. 
Narxlar talab va taklif asosida shakillanadi. Bu esa bozor mexanizmining ishlashini 
ta’minlaydi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Iqtisodiyot nazariyasi darsligi

2. Shodmonov Sh. – Iqtisodiyot asoslari

3. Samuelson – Economics

4. Internet manbalari

5. Statistika malumotlari

Published

2026-04-07

How to Cite

Davronov Akobir Baxtiyorovich. (2026). BOZOR INFRATUZILMA VA UNING UNSURLARI . TADQIQOTLAR, 83(3), 329-330. http://journalss.org/index.php/tad/article/view/24028