O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIBRID TAHDIDLAR SHAROITIDA QUROLLI KUCHLAR TOMONIDAN JAMOAT TARTIBINI SAQLASHNING ZAMONAVIY TASHKILIY-HUQUQIY MEXANIZMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: gibrid tahdid, jamoat tartibi, milliy xavfsizlik, kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi, profilaktika, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt.Abstract
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada globallashuv va raqamli transformatsiya
sharoitida yuzaga kelayotgan gibrid tahdidlarning mohiyati, ularning milliy xavfsizlik
hamda jamoat tartibiga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston
Respublikasida gibrid tahdidlarga qarshi kurashishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy
asoslari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda xavfsizlik tizimini
modernizatsiya qilish jarayonlari yoritilgan. Xususan, milliy qonunchilik bazasining
takomillashuvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining raqamlashtirilishi,
“Xavfsiz shahar” konsepsiyasi, kiberxavfsizlik infratuzilmasining rivojlantirilishi va
sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlarining joriy etilishi ilmiy jihatdan asoslab
beriladi.
Shuningdek, maqolada profilaktik faoliyatning ahamiyati, mahalla institutining
o‘rni, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik
mexanizmlari tahlil qilinadi. Xalqaro hamkorlikning o‘rni, xususan ko‘p tomonlama
xavfsizlik platformalari doirasidagi tajriba almashinuvi ham alohida ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, gibrid tahdidlarga qarshi samarali kurashish
kompleks, tizimli va innovatsion yondashuvni talab etadi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Hoffman F. Hybrid Warfare and Challenges. – Washington, 2009.
2. NATO Wales Summit Declaration. – 2014.
3. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2014.
4. Xuquqbuzarlik profilaktikasi tog‘risidagi qonun. – Toshkent, 2014.
5. “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi materiallari.
6. G‘aniyev S. K., Karimov M. M., Tashev K. A. -Axborot xavfsizligi‖. Aloqachi.
2008.
7. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda
ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga muljallangan
iktisodiy dasturning eng muxim ustuvor yunalishlariga bagishlangan Vazirlar
Maxkamasining kengaytirilganmajlisidagi ma‘ruza, 2017 yil 14 yanvar Toshkent,
Uzbekiston, 2017. 104-6.