КИБЕРХАВФСИЗЛИК ҲАМДА ШАХСИЙ МАЪЛУМОТЛАРНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ
Keywords:
Kalit so‘zlar: inson huquqlari, raqamli davr, shaxsiy hayot daxlsizligi, kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni himoya qilish, kiberjinoyatlar, axborot erkinligi, milliy qonunchilikAbstract
Abstract
Ushbu tezisda raqamli davrda inson huquqlarini ta’minlash masalalari, xususan,
shaxsiy hayot daxlsizligi va kiberxavfsizlik muammolari yoritiladi. Globalizatsiya va
texnologik taraqqiyot shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash hamda qayta ishlash
jarayonini kengaytirib, insonlarning shaxsiy hayotini himoya qilishni
murakkablashtirmoqda. Shu bilan birga, kiberjinoyatlar va axborot xurujlari sonining
ortishi davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar oldiga yangi huquqiy va institutsional
choralarni ishlab chiqish vazifasini qo‘ymoqda. Tezisda inson huquqlari umumiy
tamoyillari bilan raqamli xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanat, mavjud xalqaro huquqiy
normalar (BMT rezolyutsiyalari, Yevropa Kengashi konvensiyalari va boshqa
hujjatlar) hamda milliy qonunchilik tajribalari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli
davrda fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish huquqi va shaxsiy hayot
daxlsizligini uyg‘unlashtirishning huquqiy, texnologik va ijtimoiy mexanizmlari
muhokama qilinadi.