PEDAGOGIK SHAXS SIFATLARINING SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Abstract
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada pedagogik shaxsning kasbiy muhim sifatlari shakllanish
jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta’lim tizimida pedagog shaxsiga qo‘yilayotgan
yuqori talablar, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish zarurati bilan izohlanadi.
Maqolada pedagogik shaxs tushunchasining mazmun-mohiyati, uning kasbiy muhim
sifatlari tarkibi va tuzilmasi nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, pedagogik
faoliyat samaradorligini ta’minlovchi asosiy individual-psixologik xususiyatlar,
jumladan, kommunikativlik, empatiya, refleksivlik, kreativlik, stressga bardoshlilik
kabi sifatlarning o‘rni asoslab berilgan.
Pedagog shaxsining kasbiy muhim sifatlari shakllanishi psixologik
qonuniyatlarga asoslanadi. Bu jarayon shaxs rivojlanishi nazariyalari bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda motivatsiya, ehtiyoj, faoliyat va refleksiya muhim
o‘rin tutadi.
Avvalo, pedagogik sifatlarning shakllanishi motivatsion soha bilan bevosita
bog‘liqdir. Shaxsda kasbga nisbatan ichki motivatsiya mavjud bo‘lsa, u o‘z ustida
ishlashga, kasbiy sifatlarini rivojlantirishga intiladi. Aksincha, tashqi motivatsiya ustun
bo‘lgan hollarda sifatlar yuzaki shakllanishi mumkin.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Normativ-huquqiy hujjatlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2023.
2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. – T., 2020.
3. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. – T., 1997.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmon va
qarorlari.
O‘zbek olimlari asarlari:
5. Ishmuhamedov R.J. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – T.: Fan, 2019.
6. Yo‘ldoshev J.G‘. Pedagogika asoslari. – T.: O‘qituvchi, 2018.
7. Qodirov B.R. Ta’lim jarayonini boshqarish. – T.: Fan va texnologiya, 2020.
8. Nishonova Z.T. Pedagogik mahorat. – T.: O‘qituvchi, 2017.
9. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar. – T.: Fan, 2016.
10. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.,