INTODUKSIYA SHAROITIDA O‘SISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: MOSLASHUVCHANLIK MEZONLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: introduksiya, adaptatsiya, fenologiya, ontogenez, vegetatsiya, bioekologik xususiyatlar, akklimatizatsiya, istiqbollilik.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tezisda o‘simliklarni yangi tuproq-iqlim sharoitlariga
introduksiya qilishning ilmiy asoslari va ularning ontogenez bosqichlaridagi
o‘zgarishlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida o‘simliklarning yangi muhitga
moslashish darajasi, fenologik ritmlarining mahalliy iqlim bilan muvofiqligi va
vegetatsiya davrining davomiyligi tahlil qilingan. Asosiy e’tibor o‘simlikning
bioekologik xususiyatlari, xususan, bo‘yining o‘sish dinamikasi, generativ
organlarning shakllanishi va urug‘ berish qobiliyatiga qaratilgan. Shuningdek,
introduksion holatda o‘simliklarning noqulay abiotik omillarga (sho‘rlanish,
qurg‘oqchilik va ekstermal harorat) chidamliligi bo‘yicha olingan natijalar keltirilgan.
Tadqiqot xulosalari introduksiya qilinayotgan turning istiqbolliligini baholash va uni
ko‘kalamzorlashtirish yoki qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy etish bo‘yicha ilmiy
tavsiyalar beradi.
References
1. Islomov B.S., Hasanov M.A. O’simliklar introduksiyasi. Darslik. –
Samarqand: SamDU nashriyoti, 2022.
2. Maxmudov V., Maxmudov A.V. Dorivor o‘simliklar flora va
sistematikasi / Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Fan, 2022.
3. Rusanov, F. N. (1974). Metodika introduktsii rasteniy [O‘simliklar
introduksiyasi metodikasi]. Fan.
4. Beideman, I. N. (1974) O‘simliklar va o‘simlik jamoalari fenologiyasini
o‘rganish metodikasi. Nauka.
Internet saytlar