KO’KRAK BEZI SARATONI BILAN KASALLANGAN AYOLLARNING IJTIMOIY-GIGIENIK TASNIFI, XAVF OMILLARI VA ULARNI PROGNOZLASH
Abstract
Tadqiqotning dolzarbligi. Ekologik muhitning yomonlashuvi hozirgi kunda
inson salomatligiga jiddiy xavf tug’dirib, ko’krak bezi saratoni kabi onkologik
kasalliklarning ortishiga olib kelmoqda. Ushbu kasallik ayollar orasida eng ko’p
uchraydigan saraton turlaridan biri bo’lib, erta aniqlanmasa, yuqori o’lim
ko’rsatkichlariga sabab bo’ladi. Ko’krak bezi saratoni rivojlanishida genetik va
gormonal omillar bilan bir qatorda atmosfera, suv va oziq-ovqat orqali ta’ sir qiluvchi
ekologik omillar muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa, ekologik noqulay hududlarda
yashovchi ayollar yuqori xavf guruhiga kiradi. KBS dunyoning aksariyat
mamlakatlarida ayollar orasida eng kop uchraydigan saraton turi hisoblanadi. Sut
bezlari anatomik va fiziologik jihatdan ayollar reproduktiv sistemasining eng
murakkab organlaridan biridir. Hayot davomida ayollar sut bezlari sezilarli
ozgarishlarga duch kelishadi. Reproduktiv tizim patologiyasi bolgan bemorlarning
deyarli uchdan ikki qismi shifokorga KB kasalligidan shikoyat qilishadi [1, 4, 5].
Ularning aksariyati birinchi tekshiruvdayoq aniqlanadigan patologiyaga ega. Ammo
ayollarning 20% shikoyat qilmaydi, kasalliklar aksariyat hollarda dispanserizatsiya
yoki profilaktik tekshiruvda patologik ozgarishlar borligi aniqlanadi [2, 7, 10, 12].
Jahonda ayollar sut bezi kasalliklari ayniqsa saratoni muhim tibbiy va ijtimoiy
muammo hisoblanadi, chunki sut bezlaridagi koplab ozgarishlar vaqt otishi bilan,
ayniqsa mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslarda yomonlashib, xavfli tusga kirish,
hattoki olimga olib kelishi mumkin [3, 8, 9, 10, 11].
Har yil yakunida royxatga olingan bemorlar orasida KBSdan olim holatlarini
tahlil qilish shuni korsatdiki, respublikada ushbu kasallikdan olim korsatkichlari
yildan-yilga kamayib bormoqda. 2016 yil oxirida royxatda turgan 2 008 nafar KBS
bilan ogrigan ayollardan 312 nafari vafot etgan bolib, bu 15,5 % ni tashkil etgan. 2019
yil oxiriga kelib esa 2 489 nafar ayol royxatda bolib, ulardan 291 nafari vafot etgan,
yani 11,7 % [6].
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Аксель Е.М. Злокачественные новообразования молочной железы: состояние
онкологической помощи, заболеваемость и смертность // Опухоли женской
репродуктивной системы. 2006. №1. C. 9-13.
2. Корженкова Г.П., Кочергина Н.В. Комплексная рентгено-сонографическая
диагностика заболеваний молочной железы. Практическое руководство. М.:
ООО «Фирма “СТРОМ”», 2004. 128 с.
3. Под ред. Харченко В.П., Рожковой Н.И. Маммология: Национальное
руководство / М.: ГЭОТАР-Медиа, 2009. 324 с.
4. Рак молочной железы: профилактика и борьба : [арх. 15 сентября 2018]. ВОЗ.
5. Рожкова Н.И., Бурдина И.И., Дабагов А.Р., Мазо М.Л., Прокопенко С.П.,
Якобс О.Э. Лучевая диагностика в маммологии. СИМК. Москва. 2014. С. 22
25, 26, 60–66, 55, 110–115, 150–170.
6. Сарибекян Э.К. Отечная форма рака молочной железы / Э.К. Сарибекян //
Российский онкологический журнал, №2, 2012. – С. 4-8
7. Семиглазов В.Ф. [и др.] Профилактика рака молочной железы у больных с
пролиферативными процессами репродуктивной системы // Вопросы
онкологии. – 2006. – Т. 52, №3. – С. 247-257.
8. Харченко В. П., Рожкова Н. И., Мазо М. Л., Аминов З. Д. Возможности
лучевых методов исследования в диагностике узловых образований
аксиллярной области // Опухоли женской репродуктивной системы. 2006. №2.
C. 37-40.
9. Berg W.A., Zhang Z., Lehrer D. et al. Detection of breast cancer with addition of
annual screening ultrasound or a single screening MRI to mammography in women
with elevated breast cancer risk. JAMA 2012;307(13):1394–404
10. Chakraborti K. L., Bahl P., Sahoo M., Ganguly S. K., Oberoi C. Magentic resonance
imaging of breast masses: Comparison with mammography // Indian Journal of
Radiology and Imaging. 2005. V. 15. №3. P. 381.
11. Delorme S., Zuna I., Huber S. et al. Colour Doppler sonography in breast tumours:
an update //Eur Radiol. 1998. Vol. 8. P. 189–193.
12. Zanello P.A., Robim A.F., Oliveira T.M. et al. Breast ultrasound diagnostic
performance and outcomes for mass lesions using Breast Imaging Reporting and
Data System category 0 mammogram. Clinics 2011;66(3):443–8.