MA’RIFATLI JAMIYAT – RADIKAL G‘OYALAR UCHUN JOY QOLDIRMAYDI
Abstract
Bugungi globallashuv va axborotlashuv sharoitida jamiyatlar oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri - yoshlar ongini radikal va ekstremistik g‘oyalardan asrash masalasidir. Turli mafkuraviy ta’sirlar, ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tezkor tarqalib, yoshlarning dunyoqarashiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bunday murakkab sharoitda jamiyatning barqarorligi va taraqqiyoti bevosita ma’rifat darajasi bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Ma’rifatli jamiyat - bu bilim, tafakkur, tanqidiy fikrlash va yuksak ma’naviyat ustuvor bo‘lgan ijtimoiy muhitdir. Aynan shunday jamiyatda radikal g‘oyalar uchun na ijtimoiy, na mafkuraviy, na ma’naviy zamin qoladi. Shu bois mazkur maqolada ma’rifatli jamiyat tushunchasi, uning radikalizmga qarshi kurashdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamда amaliy jihatdan tahlil qilinadi.
Ma’rifatli jamiyat tushunchasi tarixan ilm-fan, ta’lim va tarbiya bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan. Ma’rifat - bu shunchaki bilimlar majmui emas, balki shaxsning voqelikni ongli idrok etishi, mustaqil fikrlashi va ijtimoiy mas’uliyatni his etishidir. Ma’rifatli jamiyatda bilim insonni ezgulikka, bag‘rikenglikka va tinchlikka yetaklaydi.
References
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”**gi Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. Abdullayev A., Rahmatullayev Sh. Ma’naviyat asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
5. Safarov O. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. – Toshkent: Akademiya, 2017.
6. Abduraxmonov Q. Yoshlar ma’naviy xavfsizligi va ma’rifat masalalari. – Toshkent: Fan, 2018.
7. Hadislar to‘plami. Imom Buxoriy. Al-Jome’ as-sahih (tarjima). – Toshkent: Hilol nashr, 2020.
8. O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”**gi Qonuni. – Toshkent, 2016.