KEBEKXON VA CHIG‘ATOY ULUSIDA DAVLAT BOSHQARUVI ISLOHOTLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Kebekxon, Chig‘atoy ulusi, Movarounnahr, davlat boshqaruvi, pul islohoti, Qarshi shahri, Temuriylar davri, mo‘g‘ul xonliklari.Abstract
Mazkur maqolada XIV asrning birinchi yarmida Chig‘atoy ulusida hukmronlik qilgan Kebekxon (Kepakxon)ning siyosiy faoliyati, davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlari hamda uning tarixiy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Kebekxon davridagi siyosiy vaziyat, markaziy hokimiyatni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar, ma’muriy-hududiy tizimdagi o‘zgarishlar, pul-moliya islohoti va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, Kebekxon faoliyatining keyingi Temuriylar davri davlat boshqaruvi tizimiga ta’siri masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada Sharq tarixnavisligining muhim manbalari — Rashididdin, Vassof, Sharafiddin Ali Yazdiy asarlari hamda zamonaviy tarixshunoslik yutuqlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari Kebekxon shaxsini Chig‘atoy ulusida markazlashgan davlat boshqaruviga asos solgan muhim tarixiy arbob sifatida baholash imkonini beradi.